Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-05
✅ Tashrif davomida “Navqiron”, “Olchazor”, “Yangi Turmush”, “Yorqinhayot” mahallalarida yashovchi 10 nafar ishsiz ayollarga subsidiya asosida tikuvchilik uskunalari topshirilib, ularning bandligi ta’minlandi.
📊 Shundan so‘ng, “Navqiron” mahallasi binosida 15 nafar fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Unda 4 nafar fuqaroning muammolari joyida hal etilgan bo‘lsa, 11 nafar murojaat egalariga zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.
🗂 Navbatdagi manzilda "OIlaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 5 nafar ishsiz ayolning bandligini ta’minlashga erishgan “Mash’al” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
🛍 Shuningdek, og‘ir ahvolga tushib qolgan 2 nafar fuqarolar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.