Boshqarma haqida
Boshqarma haqida
Toshkent shahar Bandlik boshqarmasi
to‘g‘risida NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat
organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning Mehnat huquqlarini
himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi PK-3913-son
qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 31-dekabrdagi
1066-son qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent shahar Bandlik
boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - boshqarma deb ataladi) maqomi, vazifalari,
funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab
beradi.
2. Boshqarma o‘z
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining
buyruqlari va normativ- huquqiy hujjatlariga, Toshkent shahar hokimligining
farmoyishi, qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu
Nizomga amal qiladi.
3. Boshqarma O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda
- Vazirlik deb ataladi) tashkiliy tizimi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligiga hamda tegishliligi bo‘yicha
Toshkent shahar hokimligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Boshqarma tizimiga
kuyidagilar kiradi:
—Boshqarma apparati;
—tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlari;
—ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish hududiy markazlari hamda kasb-hunar kollejlari kiradi.
5. Boshqarma uz
vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa
organlari hududiy tuzilmalari, tuman hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan
o‘zaro hamkorlik qiladi.
6. Boshqarma
yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
tushirilgan va uz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob
raqamlariga eta buladi.
II. Boshqarmaning vazifalari va
funksiyalari
7. Kuyidagilar Boshqarmaning vazifalari va
faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
—O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
—Toshkent shahar xokimi, tuman hokimlari, hududiy prokuratura, ichki
ishlar organlari va davlat solik xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik
qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi
o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan
hamkorlikni amalga oshirish;
—Aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi
sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga
rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
—tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
—ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash
xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman Aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil
qilish;
—kovorking-markazlar
tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish
bo‘yicha tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini
muvofiqlashtirish;
—tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini
tashkil etish va amalga oshirish.
8. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq
kuyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
—Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va
axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
—O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi
buyruqlarining, Toshkent shahar hokimligi qaror va farmoyishlarining va boshqa
normativ huquqiy hujjatlarning tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari,
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan
bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
—tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari,
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan
kiritiladigan hujjatlarning sifatli va uz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
—tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga
rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
—aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan
faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
—tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy
nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
—aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini
olib borish, band bo‘lmagan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy
himoya qilish, Mehnat munosabatlari va mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar hatti-harakatlarini
muvofiqlashtiradi;
—ishga joylashtirish, o‘qitish va malakani baholash xizmatlariga bo‘lgan
davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish,
keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band bo‘lmagan aholini
o‘qitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga xax tulash bo‘yicha
tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hatti-
harakatlarini muvofiqlashtiradi;
—kovorking-markazlarni
tashkil etish bo‘yicha tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning
moliyalashtirilishini tashkil etadi;
—tuman Aholi
bandligiga
ko‘maklashish
markazlari va
idora
—bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning
moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;
—tuman Aholi
bandligiga
ko‘maklashish
markazlari va
idora
—bo‘ysunuvidagi
tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar
monitoringini o‘tkazadi va muvofiqlashtiradi;
—jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
—kooperativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va
u3 vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;
—qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga
oshiradi.
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita uzi
tomonidan, shuningdek hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va
boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.