Faoliyat yo‘nalishlari
Quyidagilar Bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yo`nalishlari hisoblanadi:
— Oʻzbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar va
funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
— Toshkent shahar hokimi, tuman hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
— Aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
— Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va idoraga buysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
— Ishga joylashtirish, oʻqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo`yicha tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
— Kovorking — markazlar tashkil etish va ularni saqlab turishni moliyalashtirilishini tashkil qilish bo`yicha tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida va idora bo`ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.