Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Monomarkaz bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

error

2022-08-22

Tadbirda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Murodjon Isabayev va Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi direktori Aygul Sattarovalar ishtirok etib, "Maishiy texnikalarni ta'mirlash ustasi" hamda "Yuk ko'tarish kranlari operatori" kasbida 3 oy tahsil olgan, zamonaviy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan 15 nafar, jumladan, inklyuziv ta'lim asosida kasb-hunar o'rgangan 7 nafar imkoniyati cheklangan bitiruvchilarni samimiy tabrikladilar.

Jarayonda bir guruh bitiruvchilar monomarkaz rahbariyati tomonidan alohida e'tirof etildi. Qisqa muddatli o‘quv kurslarida namunali qatnashgan, mas’uliyat bilan o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etgan 8 nafar bitiruvchiga faxriy yorliqlar ham topshirildi.