Ushbu oylik doirasida shahardagi ishsiz fuqarolarning bugungi kunda qaysi soha yoki mutaxassislik boʻyicha ishlash istagi oʻrganilib chiqilmoqda. Ishsiz fuqarolarni egallagan mutaxassisligi yoki ega boʻlgan hunariga qarab, bugun "Boʻsh ish oʻrinlari" yarmarkasi tashkil etildi.
Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin~qizlar faollari tomonidan aniqlangan ishsiz fuqarolar bugungi yarmarkaga taklif etildi.
42 nafar fuqaro egallagan mutaxassisligi asosida ish beruvchi tomonidan shartnoma tuzildi, 38 nafar fuqaroga hunar egallashlari uchun qayta kasbga tayyorlov kurslariga yoʻllanmalar berildi.
Tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari asosida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi hamda kasbga oʻqitish markazlari bitiruvchilarini hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin~qizlar faollari bilan hamkorlikda ishga joylashtirish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Xabaringiz bor, Hurmatli Prezidentimizning hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan, tumanimizda 51 nafar hokim yordamchilari faoliyat yuritmoqda. Ularning tavsiyasiga asosan 6 oy davomida 360 nafar fuqarolarni qayta kasbga oʻqitishga yoʻnaltirilgan. Bugungi kunda 21 nafar bitiruvchilar hokim yordamchilari bilan hamkorlikda doimiy daromadga ega boʻlish uchun ishga joylashtirildi, 98 nafar fuqaroga esa subsidiya berish orqali oʻzini~oʻzi band qilishga erishildi.