Ayni shu oylik doirasida Chilonzor tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamkorligida yoshlarni kasb-hunarga oʻkitish va malakasni oshirish orqali bandligini taminlash maksadida maktabni bitirib, xozirda ishsiz boʻlgan yoshlarning Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga_marhamat” Monomarkaziga sayohat tashkil etilib, Monomarkaz faoliyati bilan tanishtirish jarayonida xozirgi kunda talab yuqori boʻlgan qurilish, maishiy xizmat, texnik-muhandislik kabi sohalar boʻyicha jami 22 ta kasb-hunar oʻquv kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Sayohat soʻngida qisqa muddatli kurslarda oʻqish istagini bildirgan fuqarolar roʻyxati shakllantirildi.