Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Milliy vakansiyalar bazasining yangi tahriri ishga tushdi

error

2022-07-29

1-qadam. Milliy vakansiyalar bazasining ish.mehnat.uz saytida “Kirish” gipermatni bosing.

 2-qadam. Yagona indentifikatsiya tizimidan Davlat soliq organlari tomonidan olingan Elektron raqamli imzo (ERI) orqali saytga kirishingiz lozim boʻladi.

3-qadam. “Boʻsh ish oʻrinlari hisoboti” gipermatni bosing.

4-qadam. Boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot yuborish uchun Siz Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga oʻtishingiz kerak boʻladi.

5-qadam. Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) orqali Yagona indentifikatsiya tizimidan Davlat soliq organlari tomonidan olingan Elektron raqamli imzo (ERI) orqali saytga kirishingiz lozim boʻladi.

6-qadam. Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) saytida “Tashkilot kabineti” gipermatni bosing.

7-qadam. Tashkilot kabineti menyusida boʻsh ish oʻrinlarini gipermatni orqali “Boʻsh ish oʻrinlarini boʻyicha hisobot yuborish”  bosing.

8-qadam. Boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha hisobot yuborish gipermatni bosish orqali tashkilotingizda mavjud boʻsh ish oʻrinlari maʼlumotlarini xisobot shakliga yuklab oladi. Undan soʻng “Hisobot yuborish” gipermatni bosishingiz lozim boʻladi.

9-qadam. Agar Sizda “Hisobot yuborish” gipermatni bosganingizda “Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi hisobotni yuborish uchun, majburiy qatorlarni toʻldiring” deyilgan yozuv chiqsa hisobotingizni qaytadan koʻrib chiqib, qizil fondagi maʼlumotni toʻldirishingiz lozim boʻladi.

10-qadam. Toʻldirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar “Boʻsh ish oʻrinlari” menyusida koʻrsatiladi.

11-qadam. Majburiy qatorlarni toʻldirganizdan soʻng “Saqlash va chop etish” tugmasini bosing.

12-qadam. “Hisobot shakli”da maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, hisobotni yuborish tashkilotingiz joylashgan manzili boʻyicha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (ABKM)ni tanlang va yuborishni bosing. 

13-qadam. Hurmatli foydalanuvchi “Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumot”ni yuborish yuzasidan SAVOLINGIZ boʻlsa tashkilotingiz joylashgan manzil boʻyicha Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (ABKM)ga murojaat qilishingiz yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining CALL markaz (0371) 200 06 00 ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.