Unda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Toshkent shahar filiali rahbari Hamza Abdullayev, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi mas'ul xodimi Sherzodbek Shodmonov va tuman ABKM direktori Farruh Elmurodov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o`tkazishdi.
Sayyor qabul davomida chet davlatlarda ishlash istagida bo`lgan fuqarolarga bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumot berildi, hozirgi kunda chet eldagi fuqarolarning oila a'zolari bilan suhbat o`tkazilib, subsidiya va moddiy yordam haqida ham atroflicha ma'lumotlar berildi.
Sayyor qabul yakunida fuqarolar o`zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.