Yangiliklar
Yangiliklar
2026-04-24
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “XALQ NAZORATI” telegram kanalida e’lon qilingan maqola[1]dagi holatlar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
Toshkent shahar prokuraturasi tashabbuskorligida Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” va “Tirsakobod” MFYlarda, Olmazor tumanidagi “Miskin” MFY va Bektemir tumanidagi “Nurafshon” va “Oltintopgan” MFYlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-son qarori hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasidagi belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘rganish tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan Chilonzor tuman prokuraturasining 21.04.2026-yildagi 10.1/14-26-sonli, Bektemir tuman prokuraturasining 17.04.2026-yildagi 10.1/1-26-sonli hamda Olmazor tuman prokuraturasining 16.04.2026-yildagi 10.1/1-26-sonli xatlariga asosan Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining tegishli buyruqlari qabul qilinib, o‘tkazilayotgan o‘rganishga va tashkil etilgan ishchi guruhlarga quyidagi xodimlar jalb etilgan.
Olmazor tumani bo‘yicha – Davlat mehnat huquq inspektorlari Karimov Suxrob, Mamurov Erkin, Xakimzoda Mirza-Akmal, Muxammadiyev Javlon;
Bektemir tumani bo‘yicha – Davlat mehnat huquq inspektorlari Norqobilov Alisher, Boltayev Zafarjon, Niyazov Shuxratjon, Eshov Baxtiyor;
Chilonzor tumani bo‘yicha - Davlat mehnat huquq inspektorlari Turayev Shovkat, Baxodirov Xusen, Alalev Farruh, Xusanov Erkin hamda Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat texnik inspektorlari Kadirov Ravshonbek, Rasulov Akbar, Nabiyev Otajon va Abdullayev Shoxbozlar ajratilgan.