Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Matbuot_anjumani

error

2026-03-12

2025-yilda mehnat bozorida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 5,4 mln aholi daromadli mehnat bilan ta’minlandi:

- shundan 1,3 mln nafari doimiy ishga joylashtirildi, 2,1 mln nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.

☑️Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 134 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

☑️“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 761 mingta oilaning (3,2 mln aholi) imkoniyatlari va ehtiyojlari o‘rganilib, ular uchun “individual rejalar” ishlab chiqildi.

☑️Ushbu rejalar asosida 523 mingta kambag‘al oila (2,3 mln aholi) daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olindi.

☑️Kambag‘al oilalarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2,2 trln so‘m kredit ajratildi va 265 mlrd so‘m mablag‘lar moliyaviy ko‘mak sifatida berildi.

☑️Shuningdek, mahallalarda hokim yordamchilari tashabbusi bilan 410 mingga yaqin mikroloyihalar ishga tushirilib, 840 ming nafar aholining daromadi oshirildi.