Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-06
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan normativ hujjatlar xodimlarning hayoti hamda sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan.
❗️Biroq ayrim holatlarda korrupsiya omili ushbu tizimning samaradorligiga jiddiy putur yetkazmoqda.
⚠️ Korrupsiya nimaga olib keladi?
🟡 Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan obyektlarning foydalanishga topshirilishi;
🟡 Sifatsiz qurilish materiallari va jihozlardan foydalanish;
🟡 Majburiy ekspertiza va texnik ko‘riklarning “qog‘ozda” o‘tkazilishi;
🟡 Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va yo‘riqnomalarning yuzaki tashkil etilishi;
🟡 Nazorat organlari tomonidan qonunbuzarliklarga ko‘z yumilishi.
🚨 Natijada, ishlab chiqarish jarayonida texnik nosozliklar, portlashlar, yong‘inlar, qulashlar va boshqa favqulodda holatlar yuzaga keladi.
❗️ Eng achinarlisi, buning oqibatida inson hayoti xavf ostida qoladi yoki yo‘qotiladi.
💰 Korrupsiya – bu bevosita xavfsizlikka tahdid.
👥 Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi har qanday noqonuniy kelishuv, pora yoki manfaatlar to‘qnashuvi:
🟢 xavfli ish sharoitlarining saqlanib qolishiga,
🟢 baxtsiz hodisalarning ko‘payishiga,
🟢 kasb kasalliklarining ortishiga,
🟢 jamiyatda ishonchning pasayishiga sabab bo‘ladi.
🧠 Xulosa
🟡Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘pincha tasodif emas, balki e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlik oqibatidir.
🟡Korrupsiya esa ana shu mas’uliyatsizlikni tizimli muammoga aylantiradi.
✅ Korrupsiyaga murosasiz munosabat – xavfsiz mehnat muhitining eng muhim shartidir.