Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-05
Unda Toshkent shahar hokimining o`rinbosari - Oila va xotin-qizlarni qo`llab quvvatlash boshqarmasi boshlig`i Nodira Umarova, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i Murodjon Isabayev, tuman hokimliklarining o`rinbosarlari, tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markazi rahbarlari, davlat va nodavlat o`quv markazi rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda so`zga chiqqanlar, Toshkent shahrida ishsiz, kasb-hunarsiz, “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, kasb-hunarga o`qitish, o`zlariga mos ish o`rni yaratish, subsidiyalar ajratish yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida so`z yuritishdi.
Shuningdek, “Aholi bandligiga ko`maklashish oyligi” davomida hamkor tashkilotlarbilan birgalikda tizimli ish olib borib, Toshkent shahridagi ishsiz, kasb-hunarsiz xotin-qizlarni o`qitib, ularni bugungi kunda mavjud 79 025 ta bo`sh ish o`rniga joylashtirishga kelishib olindi.
Bu kabi tadbirlar hali davom etadi.