Yangiliklar
Yangiliklar
2026-03-02
Toshkent shahrida muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash hamda xayriya ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
🇺🇿Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon oyini munosib o‘tkazish va ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qarorlari mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Xususan:
— ijtimoiy reyestr asosida ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ro‘yxatlarni qayta ko‘rib chiqish;
— davlat ta’minotidagi va kam ta’minlangan oilalarga manzilli moliyaviy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish;
— bemor fuqarolarni navbatsiz qabul qilish va davolash ishlarini tashkil etish;
— mahallalarda kam ta’minlangan oilalar xonadonlarida iftorlik tadbirlarini o‘tkazish va diniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;
— homiylar ko‘magida ko‘rsatilayotgan yordamlarni manzilli va shaffof tarzda yetkazish;
— yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda ijtimoiy muassasalarga moddiy ko‘makni kuchaytirish.
🧑💻Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash, reyestr ma’lumotlarining qonuniyligi va xolisligini o‘rganish hamda barcha jarayonlarni ommaviy axborot vositalari orqali ta’sirchan yoritish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
🌙Ramazon oyi davomida aholiga yaqin bo‘lish, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
⏩Ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.



