Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🔝 Eng faol hokim yordamchilari TOP-100 reytingi

error

2026-02-27

2025-yilda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi bandligini taʻminlash, daromadini oshirishga koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirishda yuqori natijaga erishgan hokim yordamchilarining TOP-100 reytingi aniqlandi.


Reyting quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha shakllantirildi:


1️⃣Ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish;

2️⃣Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari ijrosi;

3️⃣Kasb-hunar va tadbirkorlik boʻyicha oʻqishga yoʻnaltirish;

4️⃣Mikroloyihalarni tashkil etish yoʻnalishlari.

5️⃣“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ijrosi;


Hurmatli hokim yordamchilari! 

Eng faol hokim yordamchisi sifatida keyingi TOP-100 reytingdan joy olish imkoniyatini boy bermang! 

Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilanib boriladi.

❗️Eslatma:

Ayni paytda respublika boʻyicha 9 ming nafarga yaqin hokim yordamchisi faoliyat yuritmoqda. 


Agar sizda 👉 ushbu yo'nalishlar  (https://t.me/mehnatvazirligi/19329)bo'yicha ko'mak zarur bo'sa, mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qiling.