Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-25
Mehnat kodeksining 188-modda (https://lex.uz/ru/docs/-6257288)siga ko‘ra agar xodimning har kungi ish vaqti (smenasi) kamida yarmi tungi vaqtga (22:00–06:00) to‘g‘ri kelsa, uning tungi ish vaqti 1 soatga qisqartirilishi, lekin ish haqi to‘liq to‘lanishi kerak.
⚙️ MISOL
Smenali ish vaqti 12 soat, shundan 8 soati tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, ushbu xodim tunda 7 soat ishlashi kerak.
❗️ Ushbu qonun talabiga rioya etilmasa, qisqartirilmagan ish soati ish vaqtidan tashqari ish sifatida baholanishi, rahbar ma’muriy javobgarlikka tortilishi va qo‘shimcha to‘lovlar (pullik kompensatsiya bilan) undirib olinishi mumkin.
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlarga va tungi vaqtda ishlashga maxsus qabul qilingan xodimlarga yuqoridagi qisqarish tegishli emas.
🚧 Tungi vaqtdagi ishga doir mehnat xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar
Tungi smenada ishlash nafaqat huquqiy jihatdan, balki mehnat xavfsizligi bo‘yich alohida yondashuvni talab qiladi. Chunki charchoq, e’tibor pasayishi va biologik ritm buzilishi baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi.
1️⃣ Ish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish
🔵Tungi smenani imkon qadar 8 soatdan oshirmaslik.
🔵Ketma-ket tungi smenalar sonini cheklash.
🔵Dam olish vaqti (mikrotanaffuslar)ni majburiy joriy etish.
2️⃣Yoritish va ish muhiti
🔵Ish joylari me’yoriy darajada sun’iy yoritilgan bo‘lishi shart.
🔵Favqulodda yoritish tizimi ishchi (shay) holatida bo‘lishi kerak.
🔵Shovqin va zararli omillar nazorat ostida bo‘lishi zarur.
3️⃣Tibbiy nazorat
🔵Tungi smenada ishlovchilarni davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
🔵Yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari bor xodimlarga tungi ishni cheklash.
4️⃣Xavfli ishlar uchun qo‘shimcha choralar
🔵Yuqori xavfli ishlarda ikki kishilik nazorat tizimini joriy etish.
🔵Spirtli ichimlik va psixotrop moddalarga tekshiruvni kuchaytirish.
🔵Himoya vositalaridan majburiy foydalanish.
5️⃣ Yo‘l-yo‘riq va O‘qitishlar
🔵Tungi smena xodimlari uchun alohida yo‘l-yo‘riq o‘tkazish.
🔵Charchoqni boshqarish va stressni kamaytirish bo‘yicha tushuntirishlar berish.
📣 Tungi vaqtdagi ish – bu nafaqat qo‘shimcha to‘lov, balki yuqori mas’uliyat va xavfsizlik choralarini kuchaytirishni talab qiladigan mehnat turi hisoblanadi.