Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Eng faol hokim yordamchisi – 2025” tanlovining 1-bosqichi yakunlandi

error

2026-02-16

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashabbusi bilan kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarini aniqlash maqsadida e’lon qilingan “Eng faol hokim yordamchisi – 2025” tanlovining 1-bosqichi yakunlandi.


🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra:

 🥈 Toshkent shahri, Olmazor tumani “Quyosh” mahallasida hokim yordamchisi Nargiza Axmedova Respublika bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


👏 Shuningdek, Yunusobod tumani “Sobirobod” mahallasida hokim yordamchisi Shavkatjon Qurbanbayev ham tanlov ishtirokchisi sifatida munosib taqdirlandi.


Ularning kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi samarali faoliyati alohida e’tirofga loyiq.


🌟 Hokim yordamchilariga tanlovning keyingi bosqichlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!