Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga muvofiq

error

2026-02-16

Bu soha uchun mablag‘lar respublika va mahalliy byudjetlarda alohida qayd bilan ajratilishi shart. Ushbu mablag‘lar boshqaruv, nazorat va tekshiruv tizimlari faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda davlat dasturlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.


Amalda esa aksariyat holatlarda mazkur talablarga yetarlicha rioya etilmayotgani kuzatiladi. “Byudjetga yuklama” yoki “samarasiz xarajat” degan qarashlar qonun normasini chetlab o‘tishga asos bo‘la olmaydi.


Mehnatni muhofaza qilishga sarflangan har bir so‘m — baxtsiz hodisalarning oldini olish, inson hayoti va sog‘lig‘ini asrashga qaratilgan sarmoyadir. Bu xarajat emas, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka qo‘shilgan hissadir.


Qonun normasi muhokama uchun emas, ijro uchun qabul qilinadi. Uning so‘zsiz va to‘liq bajarilishi — barcha mutasaddi tashkilotlar majburiyati.