Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-12
#VMQ_819
🔗 Hukumatning 2025-yil 24-dekabrdagi 819-sonli qarori (https://lex.uz/uz/pdfs/-7942768)ga muvofiq, xodimlar soni 20 nafargacha hamda kasbiy tavakkalchilik darajasi 4-toifagacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish talab etilmaydi.
❗️Lekin bu degani mehnatni muhofaza qilish talablari umuman qo‘llanilmaydi degani emas.
Ushbu tadbirkorlik sub’ektlari ham mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi, sanitariya va gigiyena talablarini ta’minlashi, xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish choralarini ko‘rishi shart.
Faqat bu ishlar alohida ichki yo‘riqnoma ishlab chiqmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunchilikda belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi.
⚙️ Masalan, 15 nafar xodimi bor kichik ofis yoki savdo do‘koni yuqori xavfli ish turlarini bajarmasa, u holda mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarni ishlab chiqish majburiyati yo‘q.
❗️Lekin elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ish joyidagi tartib-qoidalarga rioya qilish shart.
⚠️ Muhim eslatma!
Agar xodimlar soni 20 nafardan ko‘p bo‘lsa, kasbiy tavakkalchilik darajasi 4-toifa va undan yuqaori bo‘lsa, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish majburiy hisoblanadi.
🔔 Maqsad xodimlari soni kam hamda kichik va past xavfli tadbirkorlarga yengillik berish