Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_huquqi

error

2026-02-05

Mehnat kodeksining 145-moddasiga (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6261003) asosan, ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish holatida ish beruvchi xodimni mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan boshqa ishga, sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan holatda, roziligisiz vaqtincha o‘tkazishga haqli.


❗️Agar ish pastroq malaka talab qilsa — faqat xodimning yozma roziligi bilan o‘tkaziladi. 


Bundan maqsad:


🔹 Ishni to‘xtatib qo‘ymaslik.


🔹 Avariya, favqulodda vaziyat, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish.


🔹 Vaqtincha yo‘q xodim o‘rnini to‘ldirish.


Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrda xodimga kamida avvalgi o‘rtacha ish haqi to‘lanadi.


🔹 Bunday o‘tkazish muddati yiliga 60 kalendar kundan oshmasligi kerak.


🔹 Shartlar jamoa shartnomasida yoki kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.