Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_yarmarkasi

error

2026-02-04

Yashnobod tumani aholisi uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo'lib o'tmoqda


💼 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yashnobod tumani hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida Yashnobod tumani aholisi bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


Mazkur yarmarka doirasida ishsiz fuqarolar, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlar, shuningdek “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxatida turgan tuman aholisi uchun ishga joylashishda qulay imkoniyatlar yaratildi.


📈 Shuningdek, yarmarkada tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda moliyaviy ko‘mak olish imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilmoqda.


📌 Yashnobod tumani hududida istiqomat qiluvchi barcha ish izlayotgan fuqarolarni, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif etamiz.