Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_huquqi

error

2026-01-26

💭 Agar xodim ish vaqtida jarohat olsa yoki kasb kasalligiga chalinsa, u avvalgi ishini qanchalik darajada bajara olishini yo‘qotgani aniqlanadi. Shu holat kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi deb ataladi.

🟢 Bu daraja 5 foizdan 100 foizgacha belgilanadi.

🟢 Bunda xodimning:

🟢avvalgi kasbiy bilimi va tajribasi,

🟢ishni avvalgidek hajmda bajara olish-olmasligi,

🟢mehnatni og‘irligining kamaygani,

🟢maxsus yoki yengillashtirilgan ish sharoitlarida ishlay olishi

hisobga olinadi.

❗️Agar jarohat yoki kasb kasalligi takroran yuz bersa, barcha kasalliklar bo‘yicha hisoblab chiqilsa ham, umumiy yo‘qotish 100 foizdan oshmaydi.

SHUNINGDEK:

🟢har bir kasallik alohida baholanadi;

🟢reabilitatsiya (davolanish, qayta tayyorlash) natijalari inobatga olinadi;

🟢insonning avvalgi kasbda ishlash imkoniyati asos qilib olinadi.

❗️Agar yangi kasallik ish bilan bog‘liq bo‘lmasa, nogironlik sababi

“umumiy kasallik” deb belgilanadi.

❗️Agar davolanish va reabilitatsiya natijasida ahvol yaxshilansa:

🟡 nogironlik guruhi yengillashishi mumkin,

🟡 lekin sabab (mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligi) o‘zgarmaydi.

✍️ Savollaringiz bormi? IZOHLAR (https://t.me/mehnat_xavfsizligi11)da qoldiring — albatta javob beramiz.