Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Rasmiy_munosabat

error

2026-01-22

Joriy yilning 19-yanvar kuni Telegram kanalarida Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Teleminorada ishchilar och-nahor ishlatilmoqda” sarlavhasi ostida maqola keng omma e’tiboriga havola qilingan, maqolaga ko‘ra 4-sonli montaj boshqarmasiga qarashli qariyb 100 nafar ishchi og‘ir sharoitda ishlayotgani, tashkilot rahbari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilayotganligi bayon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" gi qonunining 7-moddasiga muvofiq ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida shu yilning 20-yanvar kunida tashkilot rahbaridan ijtimoiy tarmoqdagi holat yuzasidan asosli hujjatlarni taqdim qilgan holda tushuntirish berishi so‘raldi.

Tashkilot rahbari ma’lum qilishicha 4-sonli montaj boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentyabr kunidagi 598-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston teleminorasi yaqinidagi hududida kabellarni yotqizish ishlarini olib borayotganligini, xodim tomonidan 2026-yil 19-yanvar kuni rahbarining nomiga 2026-yil 17 va 18-yanvar kunlari noqulay ob-havo sharoitlari tufayli (qor yog‘ganligi sababli) kabel yotqizishni imkoni yo‘qolganligi va  shu sababdan ishning unumdorligini oshirish maqsadida 2026-yilning 19-yanvar kunida kabel yotqizishga jalb qilingan xodimlarni ularning roziligiga ko‘ra 2 soat vaqtga ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilinishi va 2 soat ish uchun ikki hissa haq to‘lash sharti saqlanib qolinishi bo‘yicha kiritgan bildirgisi tashkilot rahbari tomonidan qonunchilik talabiga rioya qilingan holda rozilik bildirilganligi, 2026-yil 19-yanvar kuni №-40A-sonli buyruqqa muvofiq, 67-nafar xodimni ish vaqtidan tashqari 2 soat mobaynida ishlatishga hamda ish vaqtidan tashqari ishlagan 2 soat uchun ikki hissa haq to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, tashkilot rahbarining o‘z tushuntirishida xodimlarga ushbu vaqt mobaynida 4 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanganligi, kofe, issiq choy muntazam ravishda xodimlarga yetkazib turilganligini bildirib o‘tgan.

Yuqorida zikr etilgan holatlar joriy yilning 19-yanvar kuni O‘zbekiston teleminorasi yaqinida kabel yotqizishga jalb qilingan xodimlarning tushuntirish xatlari bilan tasdiqlangan.

Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tashkilot rahbari nomiga, xodimlar ish vaqtidan tashqari ishlagan soatlari uchun ikki hissa ish haqi to‘lab berishi bo‘yicha yozma ko‘rsatma rasmiylashtiriladi va ushbu holat nazoratga olinadi.