Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

error

2026-01-22

Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa

Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2025-yil 6-yanvardagi 1/10-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15-yanvar kuni Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida rahbar va xodimlar ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.

🗣 Tadbirlar davomida Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Akramxodjayev tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, xizmat faoliyatidagi cheklovlar hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

⚖️ Shuningdek, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish, qonunbuzarlik va korrupsiyaga oid holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — tizimda ochiqlik va halollikni ta’minlashning muhim omilidir.