Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-20
Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 8-uy manzilida joylashgan ko‘p tarmoqli tibbiyot kompleksi qurilishida ish haqlari to‘lanmaganligi yuzasidan murojaat Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida mazkur qurilish obyekti buyurtmachi — Tashkent International Medical Center MCHJ hamda bosh pudratchi — Enter Engineering PTE LTD tomonidan amalga oshirilayotgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qurilish obyektida mehnat faoliyatini olib borgan 24 nafar fuqaroga jami 843 million so‘m miqdorida ish haqi to‘lanmagan. Mazkur holat yuzasidan fuqarolar manfaatini himoya qilish maqsadida sudlarga tegishli da’vo arizalari kiritildi.
Shuningdek, ish haqlarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, shuningdek mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha Tashkent International Medical Center MCHJga nisbatan belgilangan tartibda tekshiruv tayinlandi.
O‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar bo‘yicha qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.