Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-19
Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa
Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2025-yil 6-yanvardagi 1/10-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 14-yanvar kuni Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida rahbar va xodimlar ishtirokida profilaktik (tushuntirish) ishlari, davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Akramxodjayev tomonidan:
• Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonunning 7- va 8-moddalarida belgilangan talablar;
• Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari, cheklovlari va xizmatni tugatish asoslari;
• Raqobat to‘g‘risidagi Qonun talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga mehnat faoliyatini me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunbuzilish va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlik va profilaktik tushuntirishlar berib o‘tildi.
✅ Halollik, shaffoflik va qonuniylik – samarali faoliyat garovi!



