Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-15
KORRUPSIYAGA QARSHI PROFILAKTIK ISHLAR O‘TKAZILMOQDA
Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2025-yil 6-yanvardagi “Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlash hamda xodimlarning ehtimoliy (yoki mavjud) manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasini taqdim etish to‘g‘risida”gi 1/10-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 13-yanvar kuni Bektemir, Yangi Hayot va Sergeli tumanlarida rahbar va xodimlar ishtirokida profilaktik (tushuntirish) ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Akramxodjayev tomonidan:
• Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonunning 7 va 8-moddalarida belgilangan talablar,
• Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari, faoliyatiga oid cheklovlar hamda xizmatni tugatish asoslari,
• Shuningdek, Raqobat to‘g‘risidagi qonun normalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga mehnat faoliyatini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunbuzilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlik va profilaktik tavsiyalar berildi.
✅ Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — tizimda ochiqlik va halollikni ta’minlashning muhim omilidir.





