Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

error

2026-01-08

Xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 8-yanvar kuni Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida kun tartibiga muvofiq xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1️⃣ Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, xodimlarning ehtimoliy yoki mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasini taqdim etish bo‘yicha Boshqarmaning 2025-yil 6-yanvardagi 1/10-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash masalasi;

2️⃣ Joylarda Manfaatlar to‘qnashuvi, Davlat fuqarolik xizmati hamda Raqobat to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

3️⃣ Olmazor tuman prokuraturasining 9/4-586190-25-sonli taqdimnomasi asosida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan muhokama.

🔹 Yig‘ilish yakunida mas’ul ijrochilarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.