Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-15
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
💰Hisob-kitob xodimga:
🔝oxirigacha olinmagan ish haqini;
🔝xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun kompensatsiyalarni;
🔝agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
🗃Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.
👉 Batafsil (https://lex.uz/docs/6257288#6261723)
Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing