Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-04
Boshqaruv samaradorligi agentligining Toshkent shahar filiali tashabbusi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat fuqarolik xizmatchilari, “Salohiyatli va istiqbolli kadrlar zaxirasi”ga tavsiya etilgan nomzodlar, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni TDIU prorektori, i.f.d. Kamila Karimova ochib berib, Konstitutsiyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi yuksak o‘rni haqida so‘z yuritdi.
📚 Ma’ruzalar davomida Konstitutsiyaning zamonaviy mazmuni va ahamiyati yoritildi:
— Konstitutsiyaviy sud sudyasi Janagul Balkibaeva — “Konstitutsiya – davlat xizmatida qonun ustuvorligini ta’minlovchi muhim hujjat”;
— Konstitutsiyaviy sud sudyasi Karomat Davletova — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: ahamiyati, rivojlanishi va zamonaviy islohotlar”;
— Konstitutsiyaviy sud sudyasi Akmal Rahmonov — “Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuniy hujjati”;
— Boshqaruv samaradorligi agentligining Istiqbolli kadrlar seleksiyasi boshqarmasi boshlig‘i Farangiz Avazbekova — “Davlat fuqarolik xizmatiga kirish va xizmat o‘tashning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.
💬 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud vakillari va mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.



