Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

error

2025-12-03

Toshkent shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida OCHIQ ESHIKLAR KUNI!


📣Hurmatli fuqarolar!


“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi.


🗓Sana: 4-dekabr

🕘 Vaqti: 10:30

📍Manzil: Respublika kasbiy ko'nikmalar markazi


✅Tadbirda:

▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, 

▫️ Toshkent shahar prokuraturasi, 

▫️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkaziladi.


Shuningdek, boshqarma faoliyatiga qiziqqan barcha fuqarolar, OAV va blogerlarni tadbirda faol qatnashishga taklif qilamiz.


✅Tadbir doirasida:

 ◀️ Korrupsiyaning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot beriladi;

◀️Boshqarma faoliyati va ko‘rsatilayotgan xizmatlarda shaffoflikni ta’minlash borasidagi axborot taqdim etiladi;

◀️Ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar beriladi;

◀️Murojaat va takliflar bevosita mas’ullarga yetkaziladi.


Korrupsiyani birgalikda yengamiz!