Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

error

2025-11-26

Yunusobod tumanida korrupsiyaga qarshi davra suhbati o‘tkazildi


Joriy yilning 26-noyabr kuni Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi A. Akramxodjayev hamda Bosh yuriskonsult S. Qodirov Yunusobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda tuman hokimi yordamchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi.


🗓 Tadbir davomida:

 • 10-noyabrdan 10-dekabrgacha o‘tkazilayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari haqida ma’lumot berildi;

 • tizim xodimlari va hokim yordamchilarining mehnat faoliyatini me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etish,

 • korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish,

 • qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar olib borildi.


💬 Davra suhbati davomida mavzuga oid savol-javoblar, fikr va mulohazalar almashildi. Tadbir xodimlar huquqiy ongini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlashga xizmat qildi.