Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-05
Xabaringiz bor, joriy yilning iyul-avgust oylarida Toshkent shahrida “Aholi bandligiga koʻmaklashish oyligi” oʻtkazilmoqda. Shu oylik munosabati bilan Boshqarmaning tumanlardagi Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari xodimlari ishtirokida mahallalar kesimida aholi oʻrtasida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Poytaxtimizning Yashnobod tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tumandagi 1 sektor mahallalarida xatlov jarayonlari olib borilmoqda.
Unda fuqarolar bilan uyma-uy suhbatlar tashkil etilib, ishsiz, kasb-hunarsiz, band boʻlmagan fuqarolarning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitishga yoʻllanma berish, oʻzlariga mos ish oʻrinlari topishga koʻmaklashilmoqda. Bu kabi ishlar Toshkent shahrining barcha tumanlarida boʻlib oʻtmoqda.