Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-24
Talabalar va bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o'tkaziladi
🧑💻Oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish o‘rni topish, mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalar va bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.
📍 Tadbir o‘tkaziladigan joy: Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (https://yandex.uz/maps/-/CLWANUjL)
🕑 Boshlanish vaqti: 2025-yil 27-noyabr, soat 10:00
📝Tadbirda yoshlar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, mavjud bo'sh ish o'rinlari, amaliyot dasturlari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.