Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATI

error

2025-11-24

Joriy yilning 19-noyabr kuni Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi A.Akramxodjayev Sergeli va Yangihayot tumanlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.


🔎Davra suhbatida quyidagi masalalar muhokama qilindi:


✔️ 10-noyabrdan 10-dekabrga qadar o‘tkazilayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida tizimda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish masalalari.

✔️ Xodimlar va hokim yordamchilari mehnat faoliyatini me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etishi bo‘yicha ko‘rsatmalar.

✔️  Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar.

✔️ Qonuniylikni mustahkamlash, shaffof va halol faoliyat tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.


💬 Suhbat davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi, o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi, kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.


🛡Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning mas’uliyatimiz!