Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Olmazor tumanida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi

error

2025-11-19

Joriy yilning 18-noyabr kuni, Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi A.Akramxodjayev tomonidan Olmazor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.


🗓Tadbir davomida xodimlarga quyidagilar haqida batafsil ma’lumot berildi:


🔹 10-noyabr – 10-dekabr sanalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilishi;

🔹 Mehnat faoliyatini me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish zaruriyati;

🔹 Korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;

🔹 Qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etmaslik bo‘yicha profilaktik ogohlantirishlar.


💬Suhbat davomida kun tartibidagi mavzu yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.


➡️Tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratildi.