Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-18
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Davlat bayrog‘i milliy mustaqilligimiz va suverenitetimizning timsollaridan biridir. U milliy g‘urur va iftixorimiz ramzi sifatida davlat idoralari va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a'zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a'zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham davlatimiz bayrog‘i baland ko‘tariladi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligiga 34 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana barchaga muborak bo‘lsin!
Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i hamisha xalqimizning qudrati timsoli sifatida yuksak porlab tursin!
Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati