Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, bir xil vazifa uchun ikki xil ish haqi belgilash mumkin emas.

error

2025-11-17

👉 Davlat tashkilotlari va xususiy korxonalar uchun alohida tartiblar mavjud:


🔹Davlat tashkilotlarida: 

har bir lavozim uchun yagona ish haqi belgilangan bo‘ladi. Bir tashkilotda bir xil lavozim bo‘yicha turlicha maosh belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda, bu qonun buzilishi hisoblanadi.

Shu bilan birga, qo‘shimcha to‘lovlar (masalan, ko‘p yillik ish staji uchun ustama) xodimlar o‘rtasida farq qilishi mumkin.


🔹Xususiy korxonalarda: 

ish haqi ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Masalan, bir xodim bilan 5 mln so‘m, boshqasi bilan 6 mln so‘m miqdorida kelishilgan bo‘lsa, bu qonun buzilishiga sabab bo‘lmaydi.