Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-14
Bugun Toshkent shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi A. Akramxodjaev Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
🗓10-noyabrdan 10-dekabrgacha davom etadigan Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida tizimda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilishi belgilab olindi.
Mazkur suhbat davomida:
✔️xodimlar va hokim yordamchilarining mehnat faoliyatini me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish,
✔️korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish,
✔️qonun buzilishi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi.
💬Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, xodimlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi.

