Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bilasizmi?

error

2025-10-15

Mahallangizdagi hokim yordamchisi sizga nima masalada yordam beradi?


Hokim yordamchilarining vazifalari TOP 10:


👫 Aholini daromadli mehnatga jalb qilish va bandligini ta'minlash;


📄 Kambag‘al oilalar uchun “individual reja” ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;


🌍 Migratsiyadan qaytgan fuqarolarni mehnatga jalb qilish (reintegratsiya);


🏢 Bo‘sh turgan bino va yerlarni auksionga chiqarish bo‘yicha takliflar kiritish;


🛠 Ishlab chiqarish va xizmat  ko‘rsatish bo‘yicha mikroloyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;


💰 Subsidiyalar, grant va imtiyozli ssudalarni olishga ko‘maklashish;


🎓 Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganlarga o‘qitish uchun tavsiyanoma berish;


💡Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratishga tavsiyalar berish va monitoringini amalga oshirish;


📊 Mahallaning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, drayver loyihalarni ilgari surish;


🌱 Tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va hisobotini yuritish.


👉Mahallangiz idorasiga boring va hokim yordamchisi ko'magida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalaning!