Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Subsidiya kimlarga beriladi?

error

2025-10-09

🔹 "Kambag‘al oilalar reyestri"dagi oilaning ishsiz a’zolariga,

🔹 yoshlarga hunar o‘rgatayotgan ustalarga,

🔹 jazoni o‘tab kelgan fuqarolarga,

🔹 qishloq xo‘jaligi kooperativlariga a’zo bo‘luvchilarga,

🔹 mahsulotini reklama qilmoqchi bo‘lgan ustalarga,

🔹 tadbirkorlik subyektlariga (har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi faoliyati uchun),

🔹 bino va inshootning ijara to‘lovini to‘layotgan ishsizlarga.

👉 Subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

▪️ sug‘orish vositalarini xarid qilish – 4 120 000 so‘mgacha,

▪️ urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish – 1 236 000 so‘mgacha,

▪️ kooperativ ustav fondiga a’zo bo‘lish – 4 120 000 so‘mgacha,

▪️kasanachilik uchun – 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida (3 oy),

▪️yoshlarga hunar o‘rgatish – 824 000 dan 2 060 000 so‘mgacha,

▪️sayt yaratish va reklama qilish – 12 360 000 so‘mgacha,

▪️ijara to‘lovini qoplash – 4 120 000 so‘mgacha,

▪️jazoni o‘tab kelganlar uchun – 12 710 000 so‘mgacha.

👉 Ariza qanday topshiriladi?

1. Onlini-mahalla.uz platformasi orqali ariza yuboriladi.

2. Hokim yordamchisi ma’lumotlarni tekshiradi.

3. "Mahalla yettiligi" kollegial qaror qabul qiladi.

4. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi buyruq chiqaradi.

👉 Subsidiyalar qanday ajratiladi?

🔹 Pul ko‘rinishdagi subsidiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Talabgorning yoki Tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkaziladi.

🔹 Sug‘orish vositalari va urug‘lik va ko‘chatlarni uch tomonlama shartnoma asosida Ta’minotchi yetkazib beradi.

Batafsil ma’lumot (https://t.me/maqsadlijamgarma)