Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

SUBSIDIYA, SSUDA VA GRANTNING QANDAY FARQI BOR?

error

2025-10-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi "Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VM-158 qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/7428395#7430731) asosan:


🔹 Subsidiya — kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan foizsiz moliyaviy ko‘mak;


🔹 Ssuda — kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish va uni rivojlantirish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib berish sharti bilan beriladigan moliyaviy ko‘mak;


🔹 Grant — kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan pul va natura ko‘rinishida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, o‘qish uchun ko‘rsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy ko‘mak. (https://t.me/maqsadlijamgarma/45)