Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-07
Mehnat kodeksiga (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6259953) muvofiq, ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasida quyidagi majburiyatlari mavjud:
🔹Xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot taqdim etish (MK 166-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6261646);
🔹Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘ymaslik (MK 119-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260525);
🔹Belgilangan kvotalar asosida shaxslarni ishga joylashtirish (MK 99-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260004);
🔹Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodimni oldindan ogohlantirish (MK 165-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6261634);
🔹Xodimning ish o‘rnini boshqa ishga o‘tkazish orqali saqlab qolish chorasini ko‘rish (MK 144-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260988);
🔹Alohida hollarda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga ishga joylashguncha o‘rtacha oylik ish haqini saqlash (MK 100-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260007);
🔹Taklif etilgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan kafolatlarni taqdim etish (MK 101-modda) (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260023);
🔹102-modda (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6260026) asosida alohida asoslarga koʻra ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish choralarini ko‘rish;
🔹Jamoa shartnomasi yoki kelishuvlarga muvofiq qo‘shimcha kafolatlar taqdim etish.
Shuningdek, ish beruvchi bandlik va ishga joylashtirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega.