Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_huquqi

error

2025-10-03

Mehnat kodeksining 241-moddasiga koʻra: (https://lex.uz/docs/6257288#7384712)


✅ Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil (“без содержания”) faqat xodim arizasiga koʻra berilishi mumkin.


Bu ish beruvchi uchun majburiy emas.


👉 Lekin, xodimning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmaydigan taʼtil quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:


▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — 14 kalendar kungacha;


▫️2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarishlayotgan ona yoki ona oʻrnini bosuvchi shaxsga — 1 yilgacha;


▫️12 yoshga toʻlmagan 2 va undan ortiq bolani yoki 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ona yoki ona oʻrnini bosuvchi shaxsga — 14 kalendar kungacha.


⚠️ Shuning uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtilni berish faqat maʼlum toifalarda majburiy hisoblanadi!