Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-27
👉🏻 Hayotda to‘g‘ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Chunki, insonning aksariyat vaqti ish jarayonlarida o‘tadi. Shu sababdan ham kishi o‘zi uchun sevimli hunarni o‘rganishi, o‘zi yoqqan kasb bilan shug‘ullanishi kerak.
⚡️ Bugun Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumantaʼlim maktabida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va tuman hokimligi tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
⚡️ Bu kabi yarmarkalarning davomli tashkil etilishi, ishsiz bo‘lgan fuqarolarimiz uchun o‘zlariga munosib ish o‘rni topishda muhim ahamiyat kasb etadi.








Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing