Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🎤Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, aziz jurnalistlar, blogerlar, muharrirlar va so‘zga sadoqat bilan xizmat qilayotgan fidoyi qalam ahli!

error

2025-06-27


Sizlarni "27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz!


Haqiqatni yoritish, jamiyat dardini tilga olish va xalqning ovozini eshittirish — bugungi kunda har qachongidan ham muhim va dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Sizning har bir xabaringiz, tahlilingiz va chiqishingiz jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va birdamlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Shu bilan birga, yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ochiqlik va xalqchillikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, so‘z erkinligi va OAV faoliyati uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Bu siyosat tufayli, bugun OAV nafaqat axborot tarqatuvchi, balki jamiyatda ijtimoiy muvozanatni saqlashga xizmat qiluvchi muhim institutga aylandi.

Ommaviy axborot vositalari – bu jamiyat ko‘zgusi, xalq yuragi va zamon daftari.


Sizlar orqali Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi yutuqlar, islohotlar, bandlik sohasida ijobiy o‘zgarishlar va hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar haqida o‘z vaqtida, xolis va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lmoqda.


Hurmatli axborot sohasi fidoyilari!


Sizlarga teran fikr mustahkam sog‘lik va so‘nmas ilhom va albatta yuksak e’tirof tilaymiz.


Qalamingiz o‘tkir, niyatingiz pok, kasbingizda omad yo‘ldoshingiz bo‘lsin!


Hurmat bilan, Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi!