Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-24
Yakkasaroy tumanida hokim yordamchilarining faoliyati tanqid ostiga olindi
👉Yakkasaroy tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida Yakkasaroy tumani hokim yordamchilari ishtirokida tahliliy va tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Uchrashuvda migratsiya xatlovi, mahallalardagi ishsizlik muammolari, aholining daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarda yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklar va muammolar muhokama markazida bo‘ldi.
🗒 Yig‘ilishga Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova raislik qilib, hokim yordamchilarining o‘z hududidagi real vaziyatga yetarlicha aralasha olmayotgani, ularning faoliyati ko‘plab savollarni keltirib chiqarayotganini ochiq tanqid qildi. U ayrim hokim yordamchilarining o‘z vazifasiga sovuqqon yondashayotganini ta'kidlab, natija va tashabbus yetishmasligini keskin tanqid ostiga oldi.
🖇 Yig‘ilishda Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Babajanov Yakubjan, hokimning birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev, shuningdek, tuman bandlik va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi vakillari, 21 ta mahalladagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.
💠 Yig‘ilish davomida mavjud muammolar ochiq muhokama qilinib, kelgusida aniq natijadorlikka erishish, aholining bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha hokim yordamchilariga qat'iy topshiriqlar berildi.