Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-21
Joriy yil 19 iyun sanasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan "KO‘PRIK QURILISHI" TRESTI ISHCHILARI: "BIR YILDAN BERI OYLIGIMIZ BERILMAYAPTI" (https://t.me/eltuz2022/35502) deb nomlangan xabar yuzasidan MUNOSABAT:
Haqiqatan ham, «Ko‘prikqurilish» AJ tarkibidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadi ishchilari Toshkent va Samarqand shaharlarida amalga oshirilayotgan transport qurilishi obyektlarida mehnat qilmoqdalar.
Taʼkidlash joizki, murojaat mualliflarining “bir yildan beri oyligimiz berilmayapti” degan iddaolari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Jamiyat tarkibidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadining bugungi kunda oylik ish haqidan qarzdorligi mavjud emas.
Murojaatda keltirilgan qo‘shimcha to‘lovlarni moliyalashtirish Jamiyat tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda, ayrim hollarda, qurilish-montaj ishlari vaxta usulida tashkil etilganligi va ishchi-xodimlar respublikaning turli viloyatlaridan qatnab ishlashlari birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishda kechikish holatlariga olib kelishi mumkin.
Bu masala bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi nazoratida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni so‘ndirish choralari ko‘rilmoqda.