Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#qonunchilikdagi_yangiliklar

error

2025-06-20

Davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi


🖋O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.


Unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:


🟢davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;


🟢davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariy bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi.


👉Batafsil (https://uza.uz/oz/posts/davlat-fuqarolik-xizmatini-yangi-yondashuvlar-asosida-tashkil-etish-hamda-professional-va-natijadorlikka-yonaltirilgan-davlat-xizmatchilari-korpusini-shakllantirish-chora-tadbirlari-togrisida_732602)