Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2025-06-19

MOF-3 qurilishida ishlab oylik ish haqini ololmayotganlik to‘g‘risidagi xabar tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 3-misni boyitish fabrikasi qurilishida ishlayotgan ishchilarning olti oylik ish haqlarini to‘lanishi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasi bo‘yicha Enter engineering Pte LTD tomonidan xodimlarga kechiktirilgan 27,6 milliard so‘mlik ish haqlarini to‘lab berilishi taʼminlandi. Bundan tashqari, yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘liq bartaraf qilish va kelgusida xodimlarga ish haqlarini o‘z muddatida to‘lash bo‘yicha ish beruvchiga yozma ko‘rsatma kiritildi.