Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda qabul qilingan 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva, Olmazor tuman IIO FMB probatsiya bo‘limi boshlig‘i D.Asilov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A.Xamidov hamda tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirokida nazoratga olingan ayollar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
🔹Sayyor qabul doirasida ayollarning mavjud muammolari o‘rganildi, ularga muammolari yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
🔸Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.